“O‘zsuvta’minot”ga dollarda oylik to‘lashga ruxsat berildi
Jamiyat
−
27 noyabr 2019
10234“O‘zsuvta’minot” AJga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilishga va jamiyat mablag‘lari hisobidan ularga erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ish haqi va boshqa to‘lovlarning miqdorini belgilashga ruxsat etildi.
Bu haqida “Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” Prezident qarorida keltirilgan.
Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi suv ta’minoti DUKlari negizida ushbu korxonalarni MCHJlar sifatida qayta tuzish orqali “O‘zsuvta’minot” AJ tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, “O‘zsuvta’minot” AJ:
• emission qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish yig‘imlaridan;
• qayta tashkil etilayotgan DUKlarning avtotransport vositalari topshirilishini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda avtotransport yig‘imlarini to‘lashdan ozod etildi.
Qaror bilan, shuningdek, 2020 yilda respublikaning ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi