O‘zPFL Vadim Abramov va “Dinamo”ga shart qo‘ydi

Sport

image

Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov yangilangan murabbiylik litsenziyasiga ega emas. Shu sababli O‘zbekiston professional futbol ligasi klub va Abramov oldiga litsenziya masalasini FIFA kunlari yakunlangunga qadar hal qilish shartini qo‘ydi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Abramov yangilangan murabbiylik litsenziyasini olmaydigan bo‘lsa, u 20-tur uchrashuvlaridan boshlab texnik zonaga kiritilmaydi.

“Superliga ishtirokchisi bo‘lgan “Dinamo” futbol klubiga 20-turga qadar bosh murabbiy Vadim Abramovning yangilangan litsenziyasini taqdim etish uchun vaqt berildi. Vadim Abramov hamda “Dinamo” futbol klubi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi jamoa holatidan kelib chiqib, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. O‘tgan vaqt davomida O‘FA Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi O‘zPFL so‘roviga asoslantirilgan javob qaytarmadi. Shuningdek, klubning ham mutaxassis litsenziyasini taqdim etish masalasini ortga surdi. Ma’lumki, “Dinamo” futbol klubi mazkur talabni bajarmasa OFK litsenziyasini ham qo‘lga kirita olmaydi.FIFA kunlari yakuniga qadar “Dinamo” futbol klubi mazkur holatni tartibga solmasa, Vadim Abramov 20-turdan boshlab uchrashuvlar davomida texnik zonaga kiritilmaydi”, deyilgan O‘zPFL bayonotida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superliasining ortda qolgan 19 ta turidan so‘ng 38 tadan ochko jamg‘argan “Nasaf” va “Paxtakor” peshqadamlik qilmoqda. “Dinamo” esa bor yo‘gi 8 ochko to‘plagan holda yaqqol autsayder bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vadim Abramov “Dinamo”

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing