O‘zPFL Samvel Babayanning litsenziyasini vaqtincha qaytarib oldi

Sport

image

Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayanning litsenziyasi vaqtincha olib qo‘yildi. Bunga uning “So‘g‘diyona”ga qarshi ucharshuvdan so‘ng, muxlis bilan janjallashgani sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaniga kirib ketish chog‘ida  Babayan muxlislardan biri bilan tortishib qolgan. Murabbiy o‘ta xunuk so‘zlarni aytib baqirgan. Buni eshitgan jurnalistlar matbuot anjumani xonasidan tashqariga chiqishgan. Shunda so‘ng, Babayan Ommaviy axborot vositalari xodimlari voqeani tasvirga olayapti degan xavotirda, o‘z sheriklaridan OAV xodimlaridan birining telefonini olib qo‘yishni talab qilgan. Natijada, Farhod Umaraliyev jurnalistlardan birining telefonini olib qo‘ygan va ichidagi materiallarni o‘zboshimchalik bilan o‘chirib tashlagan. Qilgan ishi ortidan Umaraliyev ham jazodan benasib qolmagan. PFL tomonidan uning ID-140 raqamli akkreditatsiya olib qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston professional futbol ligasi Babayanni OAV vakillaridan uzr so‘rashga ham chaqirgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan 18 ta turidan so‘ng, 35 ochko jamg‘argan “Paxtakor” va “Nasaf” musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. 34 ochkoga ega “Navbahor” esa kuchli uchlikka yakun yasab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Samvel Babayan

Baholaganlar

446

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing