Superligada 1-tur yakunlandi: barcha o‘yinlarda g‘olib aniqlandi
Sport
−
02 mart 2966 1 daqiqa
Kecha, 1 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Superliganing 1-tur bahslari yakuniga yetdi.
Eng qiziq tarafi 1-tur doirasidagi barcha uchrashuvlardan g‘olib aniqlandi va durrang kuzatilmadi.
Ayni damda Samvel Babayan boshchiligidagi “Andijon” birinchi turdagi “So‘g‘diyona” ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alaba evaziga jadvalda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda esa amaldagi chempion “Neftchi” egallagan bo‘lsa, bu mavsum oliy divizionga ko‘tarilgan “Lokomotiv” kuchli uchlikka yakun yasab turibdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi chempionlikni, Toshkentning “Paxtakor” klubi kumush, Qarshining “Nasaf” jamoasi esa bronza medallarga ega chiqqan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust