“Andijon” Chempionlar ligasidagi yurishini yakunladi
Sport
−
25 dekabr 2025 2585 1 daqiqa
Kecha, 24 dekabr kuni “Andijon” jamoasi OFK Chempionlar ligasi 2-guruh bosqichi 6-turida “Al-Ahli” mehmoni bo‘ldi. Unda Samvel Babayan shogirdlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Qatarning “Al Tumama” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning 26-daqiqasida mezbonlar safida harakat qilayotgan Michel Vlap Eldor Adhamov darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Vlap jarima maydonchasi tashqaridan jamoasining ikkinchi golini kiritdi va uchrashuv yakuniga qadar shu hisob saqlanib qoldi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng “Andijon” musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
“Afsuski, juda muhim bahsda mag‘lubiyatga uchradik. Bu o‘yindagi ijobiy natija guruhdan chiqish imkoniyatimizni hosil qilardi. Albatta, o‘zimizdan ko‘ra kuchliroq jamoaga yutqazdik, deb o‘ylayman. Afsuski, biz faqat g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rsata oldik, xolos. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha esa biz raqib bilan raqobatlasha olmadik. Ob’ektiv yondashadigan bo‘lsak, yigitlarga jon-jahdi bilan harakat qilishgani uchun minnatdorlik bildiraman. Ular maydonda nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini bajarishdi”, deydi Samvel Babayan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Shu tariqa, “Andijon” jamoasi OFK Chempionlar ligasi 2-musobaqasining “B” guruhida 6 ta o‘yindan keyin 5 ochko jamg‘arib, so‘ngi o‘rinni egallagan holda musobaqani yakunladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025