Mahammadjonov Rossiya jamoasiga o‘tdi
Sport
−
09:20 1058 1 daqiqa
“Andijon”ning 23 yoshli qanot himoyachisi Mahmud Mahammadjonov Rossiya Premer-ligasida ishtirok etuvchi Maxachqalaning “Dinamo” klubiga transfer qilindi. Bu haqda “Andijon” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 250 ming dollarga baholangan. Mahmud Mahammadjonov joriy yil boshida “Andijon” tarkibiga qo‘shilgan edi. U jamoa safida O‘zbekiston Superligasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. O‘zbekiston Kubogi bahslarida esa 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta assist qayd etdi.
Shu tariqa, Mahamadjonov “Andijon” safida barcha musobaqalarda jami 22 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Mahmud Mahammadjonov 2023 yilgi Toshkentda o‘tkazilgan U-20 Osiyo kubogi chempioni va shu yosh toifasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Samarqandning “Dinamo” klubi himoyachisi Jahongir O‘rozov Rossiyaning “Rubin” klubiga o‘tgandi.
Live
Barchasi