O‘zbekiston MTJ himoyachisi faoliyatini Rossiyada davom ettiradi
Sport
−
18:00 594 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Samarqandning “Dinamo” klubi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Rossiyaning “Rubin” klubi davom ettiradi. Bu haqda “Dinamo” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli markaziy himoyachi 2026 yil oxiriga qadar sotib olish sharti bilan Qozon klubiga ijaraga berilgan. Uning “Dinamo” bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yil yakuniga qadar mo‘ljallangandi.
Jahongir O‘rozov 2024 yilda Samarqand klubiga qo‘shilgan bo‘lib, shu vaqt mobaynida jamoa safida 55 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
Ma’lumot uchun, Jahongir O‘rozov O‘zbekiston milliy terma bilan Jahon chempionatida ishtirok etdi. Himoyachi JCH-2026 doirasida Kolumbiya va Kongoga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayev “Navbahor” safiga kelib qo‘shilgandi.
Live
Barchasi