Sayfiddin Sodiqov faoliyatini “Braga”da davom ettiradi
Sport
−
02 iyul 1759 1 daqiqa
O‘zbekistonlik yosh futbolchi, “Andijon” klubi futbolchisi Sayfiddin Sodiqov faoliyatini Portugaliyaning “Braga” klubida davom ettiradi. Bu haqda vodiy klubi matbuot xizmati xabar berdi.
18 yoshli futbolchi mavsumning birinchi yarmini ijara asosida “Andijon” safida o‘tkazdi. Klub xabariga ko‘ra, Sodiqovning klub bilan tuzilgan ijara shartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni yakunlangan va tomonlar hamkorlikni tugatgan.
Sodiqov “Andijon” tarkibida O‘zbekiston Superligasidagi debyutini o‘tkazib, uchta uchrashuvda maydonga tushdi.
Endi u “Braga” safida faoliyatini davom ettiradi. “Andijon” klubi matbuot xizmati futbolchiga keyingi faoliyatida omad va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, Sayfiddin Sodiqov “Odil junior” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2025 yilda Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo‘lgan va ushbu yosh toifasida Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Live
Barchasi