Portugaliyadagi o‘zbekistonlik futbolchilar ilk bor MTJga chaqirildi
Sport
−
15:53 889 1 daqiqa
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va Portugaliyaning “Braga” klubi futbolchilari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov faoliyatida ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Bu haqda Portugaliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi yig‘inlari uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Yosh futbolchilar endi milliy jamoa safida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Kannavaro shogirdlari joriy yilning 24 sentyabr kuni Eronga qarshi maydonga tushsa, 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.
Hasanov va Sodiqov ushbu yig‘inda milliy terma jamoa tarkibida birinchi marta ishtirok etadi. Agar futbolchilar uchrashuvlarda maydonga tushsa, ularning har ikkisi ham O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi rasmiy debyutini o‘tkazgan bo‘ladi.
Avvalroq, Fabio Kannavaro Jahon chempionati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida 2027 yilgi Osiyo Kubogida terma jamoa ancha yoshartirilishini aytib o‘tgandi.
Italiyalik mutaxassis joriy yilning sentyabr-oktyabr oyidagi xalqaro tanaffus uchun rasmiy qaydnomamni e’lon qilingani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining Xitoyda Argentina terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi