FIFA “Andijon”ga qo‘yilgan transfer taqiqini bekor qildi
Sport
−
28 iyul 1277 1 daqiqa
FIFA “Andijon” futbol klubiga nisbatan joriy etilgan transfer taqiqini rasman bekor qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sahifada xabar berdi.
Avvalroq, tashkilotning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuborgan xatida “Andijon”ning Albaniyaning “Lachi” klubi oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani qayd etilgan edi.
FIFA qaroriga ko‘ra, klub “Lachi” oldidagi qarzdorlikni 45 kun ichida to‘lashi lozim bo‘lgan. Biroq belgilangan muddat – joriy yilning 10 iyuniga qadar to‘lov amalga oshirilmagani sababli, “Andijon”ga ish to‘liq hal etilguniga qadar ketma-ket 3 ta transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlangan edi.
Gap Altin Kreziu transferi yuzasidan kelib chiqqan moliyaviy nizo haqida ketmoqda. Keyinchalik “Andijon” “Lachi” oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlarini bajarib, bu haqda FIFA’ga ma’lum qildi. Albaniya klubi ham to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlagach, tashkilot transfer taqiqini bekor qildi.
Shu tariqa, “Andijon” endi yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hech qanday cheklovsiz transfer bozorida ishtirok etishi mumkin.
Live
Barchasi