Bugun “Andijon” “Al-Ahli” bilan o‘ynaydi
Sport
−
12:51 815 1 daqiqa
Bugun, 24 dekabr kuni “Andijon” jamoasi OFK Chempionlar ligasi 2-guruh bosqichi doirasidagi 6-tur uchrashuvida maydonga tushadi. Samvel Babayan shogirdlari Qatarning “Al-Ahli” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv “Al Tumama” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 boshlanadi.
“Biz juda yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushamiz. “Al-Ahli” – bu Qatar futbolining tarixi hisoblanadi. Bu klubda saviyali o‘yinchilar jamlangan. Yulian Drakslerni alohida ta’kidlab o‘tish kerak. U “Al-Ahli”dagi statusi yuqori bo‘lgan legionerlardan biri. Biz kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Ko‘p narsaga e’tibor bermaymiz va o‘z maqsadimizga erishish uchun harakat qilamiz”, deydi “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yin oldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, “Andijon” jamoasi OFK Chempionlar ligasi 2-musobaqasining “B” guruhida 5 ta o‘yindan keyin 5 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ushbu turdagi g‘alaba Samvel Babayan shogirdlarini keyingi bosqichga olib chiqadi.