Vodiy derbisida “Neftchi”, Toshkentdagi qorli bahsda “Navbahor” g‘alaba qozondi

Sport

image

Kecha 10 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 3-tur uchrashuvlariga start berildi. Kun doirasidagi bahslarda “Neftchi”, “Qizilqum” va “Navbahor” jamoalari g‘alaba qozondi.

Farg‘onada o‘tgan Vodiy derbisida Islom Ismoilov boshqaruvidagi “Neftchi” Samvel Babayan shogirdlari – “Andijon”ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Qashqadaryoda o‘tgan bahsda esa “Mash’al” o‘z maydonida “Qizilqum”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan turning markaziy uchrashuvida Namanganning “Navbahor” jamoasi mezbon “Paxtakor”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shuningdek, bugun 11 mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda “Surxon” – “Bunyodkor”, “Lokomotiv” – “Qo‘qon 1912” hamda “Buxoro” – “Xorazm” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samvel Babayan “Navbahor” “Neftchi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing