Uzoq kutilgan UFC 311 turniri o‘tkazilmaslik xavfi ostida qoldi

Sport

image

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan UFC 311 musobaqasi shahardagi yong‘in sabab boshqa kunga qoldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bu haqda promoushenga aloqador bir qancha manbalar xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 19 yanvarga o‘tar kechasi AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida 2025 yilning dastlabki raqamli turniri bo‘lib o‘tishi reja qilingan UFC 311 turniri o‘tkazilmasligi yoki boshqa manzilga ko‘chirilishi mumkin. Bunga sabab qilib, 4 kundan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari ko‘rsatilmoqda. Ayni damga qadar yong‘in sabab 5 kishi halok bo‘ldi. 10 ming gektar maydon yong‘in bilan qoplangan. Minglab odam xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan. Hozirgacha, yetkazilgan zarar 57 milliard dollarga baholanmoqda.

Qayd etish joiz, 19 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan UFC 311 turniri markaziy jangida yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev da’vogar Arman Sarukyandan kamarini himoya qiladi. “Co-main event”da esa eng yengil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishvili Umar Nurmuhammadovni sinovdan o‘tkazadi.  Shuningdek, ushbu turnirda o‘zbekistonlik jangchi Bogdan Guskov Jonni Uokerga qarshi oktagonga ko‘tarilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Maxachev Arman Tsarukyan Los-Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing