Maxachevning keyingi raqibi kim bo‘lishi aytildi

Sport

−

image

UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni, rossiyalik Islom Maxachev keyingi jangini 2027 yil yanvar oyining oxirida Kanadaning Toronto shahrida braziliyalik Karlos Pratesga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda jurnalist Alvaro Kolmenero ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Maxachev joriy yilning 15 avgust kuni AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 330 turnirida irlandiyalik Yan Machado Garrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini saqlab qolgandi. Pratesga qarshi jang UFC 336 turniri doirasida 2027 yil 30 yanvarda o‘tkazilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Maxachevning aralash yakkakurash (MMA)dagi rekordi 29 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatdan iborat. U 2025 yilda UFC tarixida ikki vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk rossiyalik jangchi bo‘lgan.

Maxachev 2022 yil oktyabridan beri egallab kelgan yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini to‘rt marta himoya qilgan. Keyinchalik u yuqoriroq vazn toifasiga o‘tish maqsadida ushbu kamardan voz kechgan. 2025 yil noyabr oyida esa avstraliyalik Jek Della Maddalenini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioniga aylangan.
33 yoshli Karlos Pratesning MMA’dagi rekordi 24 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyatdan iborat.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing