O‘zini Prezidentning qarindoshi deb tanishtirgan firibgarlar qo‘lga olindi

Olam

image

Qirg‘izistonda o‘zlarini Prezident Sadir Japarovning qarindoshlari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyevning yaqinlari sifatida tanishtirgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi ma’lum qilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, gumonlanuvchilar davlat bojxona xizmati va davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini qo‘rqitib, tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslarga, shu jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar importyorlariga homiylik qilgani aniqlangan.

“Kompleks tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilib, uning doirasida tadbirkorlik sub’ektlariga homiylik qilish, davlat organlari mansabdor shaxslarini qo‘rqitish holatlari hujjatlashtirildi. Shuningdek, bojxona va soliq qonunchiligini buzgan holda tovarlarni Respublikaga olib kirishning oldini olish choralari ko‘rildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda firibgarlar qo‘lga olingan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

565

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing