O‘zini ayol deb tanishtirgan 59 yoshli erkak kiberjinoyat qildi

3-sahifa

image

O‘zini “Dilafro‘z” deb tanishtirgan 59 yoshli erkak plastik kartadan o‘n ikki milliondan ortiq pullarni o‘mardi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 30 yoshli ayol A.X. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum shaxs tomonidan o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartasidan jami 11 mln 557 ming so‘m miqdoridagi pullar aldov yo‘li bilan yechib olinganini ma’lum qilgan.

O‘rganish davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 59 yoshli erkak A.U. sodir etgani aniqlandi. Unga ko‘ra, erkak A.U. fuqaro ayol A.X.ga Telegram messenjerida o‘zini “Dilafro‘z” deb tanishtirgan. Dastlab bir dona ayollar kurtkasini 500 ming so‘mga kelishib, A.X.ga tegishli bo‘lgan plastik kartasining maxfiy kodlarini soxta havola yuborish orqali aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Shu jarayonda firibgar jami 11 mln 557 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini yechib olgan. 

Hozirda A.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, javobgarlikka tortilgan. Qonunga muvofiq, A.U. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

plastik karta kiberjinoyat Dilafro'z

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing