O‘zbekistonda 18 mingdan ortiq jinoyatga aloqador karta bloklandi

3-sahifa

image

Joriy yilda O‘zbekistonda 18 838 ta jinoyatga aloqador bank kartalari bloklandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik tizimida 2026 yil “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yili” deb e’lon qilinib, kiberjinoyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish va fuqarolarni internetdagi mavjud xavflardan ogohlantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar keskin kuchaytirilgan. Xususan, Markaziy bank bilan hamkorlikda yaratilgan maxsus tizim yo‘lga qo‘yilgani natijasida 29 trln so‘mning noqonuniy ravishda chetga chiqib ketishning oldi olingan hamda 18 838 ta jinoyatga aloqador bank kartalari bloklangan.

Shuningdek, hisobot davrida jami 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan, 4 011 ta jinoyat tashabbus asosida aniqlangan va 13 mingdan ortiq fuqarolarga yetkazilgan 120 mlrd 496 mln so‘mdan ziyod moddiy zarar qaytarilgan.

“Kiberjinoyatlarni oldini olishning asosiy tamoyillaridan biri aholini ogohlantirish ekanligini hisobga olgan holda, kuchli targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, mamlakatning qariyb 23 milliondan oshiq aholisi qamrab olindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq soxta mygov.uz platformasi orqali fuqarolarning bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirib kelgan kiberjinoyatchilar guruhi fosh etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing