“O‘zing uchun o‘l yetim”. O‘zbekistonda o‘qituvchilar dezinfeksiya vositalarini olib kelishga majburlanyaptimi?

Jamiyat

image
Maktablar ochilsa, dezinfeksiya ishlarini kim qiladi? Yana farroshlarmi? north_east

Maktablar ochilsa, dezinfeksiya ishlarini kim qiladi? Yana farroshlarmi?

Ma’lumki, joriy yilning 14 sentyabridan boshlab O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablari ham onlayn, ham an’anaviy tartibda ish boshlashi kutilmoqda. Ayni vaqtda maktablar ta’lim jaranlarini boshlashga tayyorlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya sharoitida maktab faoliyatini tashkillashtirish uchun o‘qituvchilardan talab etilayotgan turli sanitariya-gigiyena vositalari aks etgan ro‘yxatlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ushbu holatga munosabat bildirdi. 

“Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida mazkur masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda maktablar uchun pirometr va dozatorlar xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazish bo‘yicha mutasaddi vazirliklarga topshiriqlar berildi. Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta’minlashga esa viloyat hokimliklari mas’ul etib belgilandi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq xalq ta’limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, xususan tegishli hududda umumta’lim muassasalariga yordam ko‘rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli maktablarda ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o‘qituvchilar tomonidan xarid qilinmasligini, ota-onalar tomonidan esa faqatgina farzandining sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari uchun tibbiy niqob va shaxsiy antiseptiklar bilan ta’minlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida umumta’lim maktablarga pirometr, dezinfeksiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar markazlashgan holatda yetkazib beriladi.

Vazirlik o‘qituvchilardan maktablarda bu kabi holat kuzatilayotgan bo‘lsa, huquqni muhofaza qilish organlarga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

227

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing