O‘zimni g‘olib deb hisoblayman – Tixanovskaya Lukashenkodan hokimiyatni talab qilyapti
Olam
−
10 avgust 2020
11220Belarus Prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya o‘zini 9 avgustda o‘tkazilgan prezidentlik saylovi g‘olibi deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda MBX media xabar berdi.
Tixanovkayaning shtabi saylov natijalarini qabul qilmadi. Ular hokimitning tinch berilishini talab qilib, norozilikni davom ettirmoqchi. Ammo nomzodning o‘zi ko‘chalardagi norozilik namoyishlarida ishtirok bo‘yicha aniq qarorga kelmagan.
“Mening ko‘chaga chiqishim mojaroning kengayib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, (shtabda) xalq bilanman. O‘zimni saylov g‘olibi deb hisoblayman. Bizda alternativ hisoblash faktlari bor va biz barcha qonunbuzarliklarni isbotlaymiz”, dedi Svetlana Tixanovskaya.
Tixanovskaya mamlakatda boshlangan noroziliklarga izoh berib, hukumat bunday keskiy chora ko‘rishini kutmaganini aytib o‘tdi. Shuningdek, u va shtabi odamlarga kuch ishlatmaslikka chaqirganini, ammo ularning so‘rovi javobsiz qoldirilganini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, saylovda Lukashenko 84,23 foiz, uning eng yaqin ta’qibchisi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz to‘pladi. Saylovda qatnashganlarning 6,02 foizi hech bir nomzodni qo‘llab-quvvatlamadi. Saylovda yavka 84,23 foizga teng bo‘ldi. 5,79 mln odam ovoz berishda qatnashdi.
Shu tariqa 26 yildan beri davlatni boshqarayotgan Lukashenko yangi muddatga saylandi.
Ammo kecha, 9 avgust kuni Lukashenko saylovda g‘alaba qozongani haqidagi xabar tarqalishi bilan Minskda namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Odamlar va kuchishlatar tuzilma xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi. Noroziliklar vaqtida bir odam halok bo‘lgan.
LiveBarchasi