O‘zil maydonda ko‘rgan qo‘rqinchli tushini esladi
Sport
−
25 mart 2023 15107 1 daqiqa
Yaqinda professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan “Real”ning sobiq futbolchisi Mesut O‘zil Ispaniyadagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
“O‘ylashimcha, men “El-Klasiko” avjiga chiqqan vaqtda, “Real” va “Barselona” klublari o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni o‘tkazayotganda, Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Barselona”ga qarshi maydonga tushganman. Mourino Gvardiola, Ronaldu-Messi qarama-qarshiligi hammaning yodida bor. Hozir “El-Klasiko” oldingi shiddati va hayajonini yo‘qotdi, keyinchalik “Barselona” ustidan qozonilgan g‘alaba xuddi oddiy holatdek tuyula boshlandi. 2010 yilda 0:5 hisobida “Barselona”ga mag‘lub bo‘lish – maydonda ko‘rayotgan qo‘rqinchli tushga o‘xshardi. Men “Real”da ko‘p o‘yin o‘tkazdim, ko‘plab derbilarda ishtirok etdim, lekin menimcha, hech qaysi o‘yin “El-Klasiko”ga teng bo‘la olmaydi”, deydi O‘zil.
2010 yilning yozida 21 yoshli Mesut O‘zil “Verder”dan 15 million yevro evaziga “Realga o‘tgandi. Nemis yarim himoyachisi Ispaniyada uchta sovrinni qo‘lga kiritdi: chempionat bosh sovrini (2012), Ispaniya kubogi (2011) va superkubogi (2012).
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025