Shifokorlar Saakashvilini qamoqxonaga o‘tkazishga ruxsat bermadi

Olam

image

2022 yil may oyidan beri Tbilisidagi “Vivamed” xususiy klinikasida yotgan Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining umumiy ahvoli yaxshilangan, ammo u hali ham statsionar muassasada davolanishini davom ettirishi kerak. Bu haqda klinikaning direktori Zurab Chxaidze “Imedi” telekanali efirida ma’lum qildi.

“Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli. Uning hayotiy ko‘rsatkichlari yaxshilandi, ammo laboratoriya tekshiruvlari natijalari hali ham e’tibor talab qiladi. Uning qon bosimi vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, bu ko‘pincha tashrif buyuruvchilar bilan bog‘liq. Ushbu bosqichda bemor shifoxonada davolanishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan barcha mezonlarga javob berishiga ishonamiz”, deydi Chxaidze.

Gruziyaning muxolifatdagi “Gruziya uchun” partiyasi avvalroq Adliya vazirligidan Saakashvilini qamoqxona kamerasiga qaytarishga chaqirgan edi. 

Ularning fikricha, sobiq prezident yaxshi ahvolda, sud jarayonlariga internet orqali bog‘lanadi va siyosiy kampaniya bilan shug‘ullanadi, bu esa uni boshqa mahbuslarga nisbatan imtiyozli mavqega qo‘yadi.

Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng mamlakatda unga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan, shundan ikkitasida siyosatchi sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2021 yil oktyabr oyida Saakashvili Gruziyaga yashirincha kelgan, biroq hibsga olingan, shundan so‘ng u chegarani noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblangan.

2022 yil may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u Tbilisidagi “Vivamed” xususiy klinikasiga olib ketilgan va hozir ham shu yerda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Mixail Saakashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing