“O‘zbekneftegaz” rahbari Chinozdagi yong‘in nega 8 soat o‘chirilganiga izoh berdi. Hodisada 6 kishi jabrlangan

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 26 noyabr kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi neft bazasida yirik yong‘in yuz bergandi. 5 ming tonnalik yonilg‘i rezervuarida boshlangan yong‘inni o‘chirishga bir necha soat vaqt ketgan.

“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Chinoz neft bazasidagi yong‘in nega 8 soat davom etganiga izoh berdi. Bu haqda “Uzreport” telekanali lavhasida ma’lum qilindi.

Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, Chinozdagi yong‘in mehnat xavfsizligiga rioya etilmagani uchun sodir bo‘ldi. Yongan idishda yuz tonnaga yaqin mahsulot bo‘lgan.

“Biz yongan mahsulotni o‘chirishga emas, uning atrofidagi idishlarni qo‘riqlashga harakat qildik. Chunki bazada 40 ming tonnagacha mahsulot bor edi, yonayotgan mahsulotni boshqasiga ko‘chirib o‘tkazishning imkoni yo‘q edi.

O‘t o‘chiruvchilar o‘t o‘chirish bilan emas, atrofidagi idishlarni qo‘riqlagani uchun ham yong‘in 8 soatga cho‘zilib ketgan.

Yong‘inda 6 kishi jarohat olgan edi. Ularning hammasining ahvoli yaxshi, uyida davolanyapti”, deygan Mehriddin Abdullayev.

Ma’lumot uchun, neft bazadagi yong‘in soat taxminan 11:30 larda boshlanib, soat 18:15 da to‘liq o‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Chinoz

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing