“O‘zbekkonsert” bepul litsenziya tizimini yo‘lga qo‘ymoqchi. O‘xsharmikin?

Madaniyat-san’at

image

Madaniyat va san’at vakillari, san’atkorlar doim el nazarida bo‘lib kelgan. Xuddi shu qatorda ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona organ – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyati ham doimiy ravishda diqqat markazida. Ammo, so‘nggi vaqtlarda tashkilot faoliyatida turg‘unlik kuzatilayotgandek. “O‘zbekkonsert” faqat litsenziya berish va uni olish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotga aylanib qolgandek. Bugun, 28 yanvar kuni kuni muassasada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu masalalar o‘rtaga tashlandi. Tashkilot rahbari Odiljon Abduqahhorov yangi yildagi rejalarni ochiqladi. 

Abduqahhorovning qayd etishicha, endilikda iste’dodli talabalar va haqiqiy ovoz egalari uchun “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga tegishli ovoz yozish studiyalari haftaning har seshanba va juma kunlari bepul tarzda xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, iste’dodli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muassasa tomonidan birinchi marotaba o‘z faoliyatini qonuniy asosda boshlash uchun bepul litsenziyalar taqdim etiladi.

Jumladan, yig‘ilishda qatnashayotgan maxsus ruxsatnoma-litsenziyasi bo‘lmagan talabalarga belgilangan tartibda bir yil muddatgacha bepul litsenziyalar berilishi aytildi. 

Qolaversa, jamiyatda o‘zini faol ko‘rsatayotgan, turli madaniy konsert tadbirlarida munosib ishtirok etayotgan, san’atimizni targ‘ib qilishda jonkuyarlik ko‘rsatayotgan iste’dod egalarini san’at va madaniyat oid oliygohlarga o‘qishga kirishlari uchun tavsiyalar berib borilishi ma’lum qilindi. 

“O‘zbekkonsert” dastur muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov litsenziya masalasidagi savollarga javob berarkan, quyidagilarni ma’lum qildi: 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining asosiy faoliyati faqatgina xonandalarning litsenziyasini olish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy manfaatlarini himoya qilish, yangi, yosh iste’dodlarni izlab topish, ularning faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda odob-ahloq me’yorlari asosida faoliyat yuritishlarini ta’minlash, shuningdek, haqiqiy o‘zbek milliy san’atini kelajak avlodga butunligicha yetkazish va butun dunyoga targ‘ib etishdan iboratdir”.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkontsert

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing