O‘zbekistonning JCH-2022 saralash o‘yinlari kechiktirildi

Sport

image

Osiyo futboli konfederatsiyasi (AFC) FIFA bilan kelishgan holda ko‘plab davlatlarda koronavirus pandemiyasi davom etayotgani tufayli 2022-yilgi Jahon Chempionati va 2023-yilgi Osiyo Kubogi uchun saralash o‘yinlari keyingi yilga qoldirilganini e’lon qildi.

Rejaga ko‘ra, saralash o‘yinlari joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uchrashuvlarning yangi sanalari OFK tomonidan tez orada e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi doirasida oktyabr va noyabr oyida Yaman, Singapur va Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynashi kerak edi.

“D” guruhidan joy olgan Vadim Abramov shogirdlari 5 o‘yinda 9 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. Bir o‘yin kam o‘tkazgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi 8 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JCh-2022

Baholaganlar

309

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing