Marokashliklar Fransiyada ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi (Video)

Sport

image

Kecha, 10 dekabr kuni Marokash terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022 chorak final uchrashuvida Portugaliya ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng (1:0) Fransiyada marokashlik muxlislar tomonidan ommaviy tartibsizliklar boshlandi.

Fransiya politsiyasi marokashliklarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va boshqa maxsus vositalardan foydalanishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, videotasvirlarda huquq-tartibot idoralari vakillari muxlislarni kaltaklar bilan urgani va ulardan politsiya qalqonlari bilan himoyalanganini ko‘rish mumkin. Marokashliklar politsiyaga turli buyumlar uloqtirgan.

Portugaliyani mag‘lub etgan Marokash Jahon chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi va turnirning ushbu bosqichiga chiqqan ilk Afrika terma jamoasiga aylandi. Qatardagi turnir finaliga chiqish uchun Marokash terma jamoasi Fransiya bilan bahs olib boradi.

 


Maqola muallifi

Teglar

JCh-2022 Qatar2022

Baholaganlar

511

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing