Ronaldu yig‘lagan oqshom yoxud Marokash sensatsiya qilishda davom etadi (Fotogalereya)
Sport
−
11 dekabr 2022 14713 1 daqiqa
Kecha, 10 dekabr kuni "Al-Tumama" stadionida Jahon chempionatining chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Marokash va Portugaliya jamoalari o‘rtasidagi bahs afrikaliklarning 1:0 hisobida sensatsion g‘alabasi bilan yakunlandi.


42-daqiqada En-Nesiri hisobni ochdi: Yahyo Attiyatning uzatmasini Yusuf boshi bilan raqib darvozasiga yo‘naltirdi.


Marokash Jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.


Marokash terma Jamoasi mundialning yarim finaliga chiqqan birinchi Afrika jamoasi bo‘ldi.


Bungacha Afrika termalari uch marta chorak finalga chiqqan va uch marta ham mag‘lub bo‘lgan. 1990 yilda Kamerun Angliyaga, 2002 yilda Senegal Turkiyaga qo‘shimcha vaqtda mag‘lub bo‘lgan, 2010 yilda Gana penaltilar seriyasida Urugvayni mag‘lub eta olmagandi – 2:4.


Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust