Mundialning yana bir dramatik kuni ortda qoldi

Sport

image

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi kuni ortda qoldi. Bugun jamoalar 1/8 final o‘yinlarini boshlaydi.

Urugvay Ganani mag‘lub etdi, ammo Jahon chempionatidan chiqib ketdi

Urugvay Jahon chempionatida juda kech o‘ziga keldi. Janubiy amerikaliklar Ganani ishonchli tarzda mag‘lub etdi (2:0), ammo bu pley-offga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi, chunki Janubiy Koreya Portugaliyadan ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Qizig‘i shundaki, Gana-Urugvay o‘yin syujeti deyarli 2010 yilgi afsonaviy to‘qnashuvdagi kabi rivojlandi. Hammasi Gana tomonidan xato amalga oshirlgan penaltidan boshlandi. Keyin raqib afrikaliklar darvozasiga ikkita gol urdi, ammo Urugvayning pley-offga chiqishiga 1 ta gol yetmadi. O‘yindan so‘ng urugvayliklar bahsli epizodlarning birida penalti belgilamagani uchun uchrashuv bosh hakami bilan tortishib qoldi.

Janubiy Koreyad mo‘’jizasi

Osiyo terma jamoasi kutilmagan natija qayd etdi. Osiyodan dastlab Yaponiya pley-offga chiqdi, endi esa Janubiy Koreya. Hammasi Portugaliya ustidan qozonilgan g‘alaba tufayli sodir bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan portugaliyaliklar o‘zlarini ortiqcha qiynamay, zaxira tarkibini maydonga tushirdi. Portugallar o‘yinda tezda hisobni ochdi, ammo 1-taymning o‘zida koreyslar Ortaning goliga javob qaytardi. Aslida, har qanday natija Portugaliyani pley-offga olib chiqardi. Shuning uchun Yevropa jamoasi 1/8 final masalasida umuman tashvishlanmadi.

Portugaliya deyarli butun ikkinchi bo‘limni hujumda o‘tkazdi. Hech kim kutmaganda, qo‘shib berilgan vaqtda koreyslar qarshi hujumga o‘tdi va 90+1ʼ daqiqada kiritilgan gol ularni pley-offga chiqdi.

Braziliya dam oldi, Kamerun esa...

Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti Samuel Eto’O jamoasi bilan faxrlanishi mumkin. Garchi u o‘z oldiga Jahon chempionati finaliga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, lekin Braziliya ustidan qozonilgan g‘alaba bu super muvaffaqiyatdir.

Raqib yarim zaxira tarkib bilan asosan indivdual, chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Braziliyaliklar 10 dan ortiq xavfli vaziyatlarni yaratdi, biroq bittasini ham golga aylantira olmadi. Ammo Kamerun qo‘shib berilgan vaqtda deyarli o‘yindagi yagona imkoniyatidan foydalandi. Abubakar gol urdi, libosini yechdi va maydondan chetlatildi. Kamerun Jahon chempionatidan chiqib ketdi. Lekin bu g‘alaba ular uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Serbiya ertak yaratmadi

Serbiya terma jamoasi Qatardagi uchta o‘yindan beri himoyada o‘ynashni o‘rgana olmadi. Jamoa mundialda sakkizta gol o‘tkazib yubordi - faqat Kosta-Rika serblardan yomonroq natija qayd etdi. Garchi birinchi bo‘lim o‘rtalarida Shveysariya bilan durang qayd etilayotgan bo‘lsa-da, serblar g‘alaba qozonishi kerak edi. Ammo shveysariyaliklar ikkinchi bo‘lim startidayoq gol urdi. Serblarning hujumi to‘xtab qoldi va bu holat oxir-oqibat mag‘lubiyatga olib keldi. 

Shunday qilib, JCHning 1/8 final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing