Messining qarori o‘zgardi yoxud Leo JCH finalidan so‘ng nimalar dedi?

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi Jahon chempionatidagi uzoq kutilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

“Men bu unvonni olishni juda xohlardim. Qarang, kubok qanchalar chiroyli. Biz bu yo‘lda ko‘p mashaqqat chekdik va uddaladik. Argentina terma jamoasini tark etish vaqti keldi deb o‘ylamayman, formada uch yulduz bilan o‘ynash qanday his tuyg‘ularni taqdim etishini bilmoqchiman”, - deydi Messi.

Messi faoliyatida birinchi marta Jahon chempioni bo‘ldi. Finalda Argentina terma jamoasi Fransiyani penaltilar seriyasida 4:2 (qo‘shimcha vaqtda 3:3) hisobida mag‘lub etdi. 

Avvalroq, Janubiy Amerika terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni Messining Fransiyaga qarshi o‘yini futbolchi faoliyatida termadagi oxirgi o‘yin bo‘lishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi JCh-2022

Baholaganlar

2567

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing