JCH-2022. 1/8 finalda “dahshatli” to‘qnashuv bo‘lishi mumkin

Sport

image

28 noyabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Ularning natijalariga ko‘ra, ikki jamoa 1/8 final yo‘llanmasini kafolatladi.

"G" guruhi

Ushbu kvartetda guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganida pley-offning birinchi ishtirokchisi aniqlandi. Braziliya ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib, 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1-o‘rin bilan pley-offga chiqish uchun Tite jamoasi so‘nggi turda Kamerunga yutqazmasa kifoya.

Bu guruhda bir vaqtning o‘zida uchta jamoa 2-o‘ringa da’vogarlik qilmoqda, ammo Afrika jamoasining 1/8 finalga chiqish imkoniyati pastroq. Kamerun Braziliyani mag‘lub etishi kerak, chunki har qanday boshqa ssenariyda jamoa 1/8 finalga chiqa olmaydi. Katta ehtimol bilan Serbiya va Shveysariya pley-offning ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurashadi. Serblarni faqat g‘alaba qanoatlantiradi, Murat Yakin shogirdlariga esa mag‘lub bo‘lmaslik kifoya. Ammo bunday holatda Kamerun Braziliyani mag‘lub etib qo‘ymasligi kerak.

3-tur o‘yinlari taqvimi:

2 dekabr

00:00. Serbiya - Shveysariya;

00:00. Kamerun - Braziliya.

"H" guruhi

Bu yerda ham pley-offning bir ishtirokchisi aniqlandi. Portugaliya Urugvayni mag‘lub etdi va Janubiy Amerika jamoasini qiyin vaziyatga tushirib qo‘ydi. Endi portugallarga Janubiy Koreya ham, Urugvay ham yetib ololmaydi. To‘g‘ri, Santush jamoasi hali guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani yo‘q. Deylik, so‘nggi turda Portugaliya koreyslarga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lsa, Gana esa Urugvayni ikki to‘p farqi bilan mag‘lub etsa, aynan Afrika terma jamoasi 1-o‘ringa chiqadi. Agar Portugaliya Osiyo termasiga yutqazmasa, u holda mazkur kvartetda 1-o‘rinni qo‘lga kiritadi.

Gana oxirgi turda Urugvay ustidan g‘alaba qozonsa, 1/8 final yo‘llanmasiga ega chiqadi. Agar afrikaliklar mag‘lub bo‘lsa, musobaqani muxlislar qatorida kuzatib boradi. Durang qayd etilsa, Gana so‘nggi turda Portugaliyaga muxlislik qiladi. Osiyo termasi esa albatta Portugaliyani mag‘lub etishi, Gana esa Urugvayni mag‘lub etmasligiga umid qilishi kerak.

3-tur o‘yinlari taqvimi:

2 dekabr

20:00. Janubiy Koreya - Portugaliya;

20:00. Gana - Urugvay.

Qo‘shimcha qilamizki, 1/8 finalda "G" guruhi g‘olibi "H" guruhining ikkinchi jamoasi bilan, "H" guruhi g‘olibi esa "G" guruhining ikkinchi jamoasi bilan to‘qnash keladi. Nazariy jihatdan Braziliya – Portugaliya o‘yinini ko‘rishimiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

JCh-2022 Qatar2022

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing