O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi O‘zbekistonning YeOII bilan 2021 yildagi hamkorligiga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqladilar. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, bugun, 25 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. 

Ta’kidlanishicha, Akmal Saidov rahbarligidagi mazkur ishchi guruhning maqsadi YeOIIga a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur tahlil qilish, milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik istiqbollariga o‘zaro bog‘liqligini har tomonlama ko‘rib chiqishdan iboratdir.

Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgani hamda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, milliy texnik tartibga solish me’yorlarini YeOII talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidlashgan. YeOII bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020 yilning 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqisha kuzatuvchi bo‘lib qo‘shildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olganini urg‘ulab, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini aytgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

EOII

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing