Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili saylandi

Jamiyat

image
“Hokimliklarning maqsadi – korrupsiya”. Ishdan ketgan Ombudsman nimalar degan edi? north_east

“Hokimliklarning maqsadi – korrupsiya”. Ishdan ketgan Ombudsman nimalar degan edi?

Avval xabar berganimizdek, bugun, 5 fevral kuni Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti.

Senati majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Feruza Farxodovna Eshmatovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) etib saylash to‘g‘risida Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilindi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi etib Malika Akbarovna Qodirxonova saylandi.

Ma’lumot uchun, Feruza Eshmatova Ulug‘bek Muhammadiyev o‘rniga Ombudsman etib saylandi. 

Feruza Eshmatova 1979 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.

2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. 2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi sifatida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing