Xodimlarni dam olish kuni ishlatgan mulozim 41 mln so‘m jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Xodimlarni dam olish kuni ishlatgan mulozim 41 mln 200 ming so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ombudsmanga “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Xovos tuman bo‘limi xodimlari dam olish va bayram kunlari majburan ishga jalb qilinayotgani haqida murojaat kelib tushgan.

Murojaat Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

Tekshiruvda xodimlarning tushuntirish xatlari, Telegram tarmog‘idagi videolar hamda ishga chiqishga chaqirilgan audioyozuvlar o‘rganilgan. Natijada xodimlarning dam olish kunlari ishga jalb qilingani o‘z tasdig‘ini topgan.

O‘rganish yakunida bo‘lim boshlig‘i A.P. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 41 mln 200 ming so‘m jarima tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari Mirkarim Ahmadjonovning mahalla yoshlar yetakchilariga nisbatan qo‘pol va haqoratomuz munosabatda bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing