O‘zbekistonning uch viloyatida 73 ming gektar yer maydonining ijara muddati 30 yilga uzaytirildi
Jamiyat
−
11 avgust 2023
6895Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida dastlabki bosqichda 10 yil muddatga ijaraga berilgan 73 ming gektar yer maydonining ijara muddati 30 yilga uzaytirilishi belgilandi. Bu haqda bugun, 11 avgust kuni Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektorda ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida atigi 15 foiz yerlar ehtiyojmand oilalarga berilgan.
Shuningdek, bo‘sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat berilgan. “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan ehtiyojmand aholiga yerlarni berishda ular yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinishi aytilgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirib, bu yili kuzda va kelgusi yil bahorida yana 70 ming gektar ekin yerlarini aholiga tarqatish reja qilingani ma’lum qilingan.
Biroq hokimlar bugungi kungacha ajratilgan 200 ming gektar yerdan samarali foydalanishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Aytilishicha, suv ta’minoti va unumdorligi yaxshi bo‘lmagani uchun jami yerlarning 13 ming gektari yoki 8 foizi qarovsiz turibdi.
LiveBarchasi