O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlari chorak finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
18:24 1582 1 daqiqa
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finalida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “D” guruhidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgan. Unda koreyslar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylangan.
Endi O‘zbekiston vakillari esa yarim final yo‘llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 25 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da “Mizuho” stadionida start oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston “C” guruhida Filippin, Quvayt va Vetnamni mag‘lub etib, 100 foizlik natija bilan pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qilgandi. Guruh bosqichida “oq bo‘rilar” 9 ta gol urdi va bir marta gol o‘tkazib yubordi.
Live
Barchasi