O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini tugatdi
Olam
−
29 fevral
5955O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov o‘z diplomatik missiyasini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, u O‘zbekistonga qaytishdan avval Latviya Tashqi ishlar vazirligi protokoli rahbari Raymonds Yansons, Litva Tashqi ishlar vazirligi departamenti direktori Darius Latkausuas va Estoniya TIV bosh kotibi Yonatan Vseviov bilan so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazgan.
Muloqotlar chog‘ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati yuqori baholangan.
Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan Qadambay Sultonov (47 yosh) O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024 yillar) hamda O‘zbekistonning Litva (2021–2024 yillar), Estoniya (2020–2024 yillar) va Finlyandiyadagi (2020–2024 yillar) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.
LiveBarchasi