O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U Bishkek shahriga yetib bordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Saidikrom Niyozxo‘jayev Bishkekka tayinlanishidan oldin, 2018 yildan buyon O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Tajribali diplomat 2024 yil avgust oyida amalga oshirilgan ulkan ishlar va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Qozog‘iston Prezidentining farmoni bilan II darajali “Dostiq” ordeni bilan taqdirlangan.

Elchi Saidikrom Niyozxo‘jayev 59 yoshda. Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. 2015 yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlanguniga qadar Prezident Administratsiyasi va hukumat tuzilmalarida mas’ul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi o‘rinbosari, Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Saidikrom Niyozxo‘jayev 2020-2024 yillarda O‘zbekistonning Bishkekdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov o‘rniga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabr kuni Saidikrom Niyozxo‘jayev o‘rniga O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Ostonaga yetib borgan edi. 12 sentyabr kuni u Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ishonch yorliqlarini topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Saidikrom Niyozxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing