O‘zbekistonning BMTdagi vakiliga yangi diplomatik daraja berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining farmoniga binoan, respublikaning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimovga Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasi berildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar tarqatdi.

Baxtiyor Ibragimov Toshkent shahrida tug‘ilgan, 54 yoshda. 1992 yildan beri Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda, jumladan, O‘zbekistonning AQSH va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida ishlagan.

Baxtiyor Ibragimov 2017 yil may oyida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangandi.

2019 yil iyun oyida O‘zbekiston birinchi marta BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida navbatdagi sessiya raisining o‘rinbosari etib saylandi. Ushbu vazifani Baxtiyor Ibragimov mamlakatning doimiy vakili sifatida BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida 2019 yil sentyabr oyidan 2020 yil sentyabr oyigacha amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Ibragimov BMT

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing