O‘zbekistonning 20 mln dollar qarzi milliy valyutaga o‘tkazildi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) hamda O‘zbekiston o‘rtasida 20 million dollarlik birinchi valyuta svop operatsiyasi amalga oshirildi. Bu haqda YeTTB matbuot xizmati xabar bergan.  

Ushbu bitim O‘zbekistonga xorijiy valyutani qarzga olish bilan bog‘liq valyuta risklaridan himoyalanishga yordam beradi.

“Ushbu bitim O‘zbekistonda mahalliy valyuta bozorlari rivojlanishidagi muhim bosqichdir. Mahalliy muqobili bilan birinchi valyuta almashinuvi zarur huquqiy o‘zgarishlar bilan birgalikda o‘zbek so‘mi derivativlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu valyuta risklarini boshqarishda ham, mamlakat real sektorini milliy valyutada kreditlashda ham qulaylik yaratadi. Bu, ayniqsa, Markaziy Osiyo va undan tashqarida beqarorlik hukm surayotgan bir paytda juda muhim”, degan YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos. 

Ma’lumot o‘rnida, svop tranzaksiyalari moliyaviy risklarni boshqarish uchun ishlatiladigan moliyaviy vositadir. Valyuta svopi xorijiy valyutadagi qarzni valyuta riskidan himoya qilish uchun qo‘llaniladigan svop turi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi birinchi marta 40 mlrd dollardan oshib, 41,6 mlrd dollarni tashkil qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

qarz ETTB svop

Baholaganlar

712

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing