O‘zbekistonliklarning Rossiyadan Vatanga qaytishi uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
Olam
−
19 may 2021
4066O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyadan Vatanga qaytishi uchun qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda “Rossiya temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
“Rossiya Federatsiyasi hududidan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqib ketish uchun Voljskiy-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 483/484-sonli poyezdning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilyapti. U Voljskiy stansiyasidan 28 may kuni soat 20:50da jo‘naydi. Chiptalarni sotish boshlangan”, deyiladi xabarda.
Chiptalarni rasmiylashtirish uchun yo‘lovchilar Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyat yuritayotgan istalgan temir yo‘l kassasiga murojaat qilishlari va O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari shart.
“Rossiya temir yo‘llari”ning rasmiy veb-saytida, shuningdek “RJD Passajiram” mobil ilovasidan foydalangan holda poyezd chiptalarini rasmiylashtirish ham mumkin.
Poyezd Rossiya Federatsiyasi hududi orqali qo‘shimcha to‘xtashlarsiz yuradi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqib ketish Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida amaldagi xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi