O‘zbekistonliklar uchun Saudiyaga elektron viza olish imkoni paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

Saudiya Arabistoni Turizm vazirligi O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish vizalarini elektron shaklda berish bo‘yicha yangi tashabbusni e’lon qildi. Bu haqda “Saudi Gazette” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda o‘zbekistonliklar qirollikka sayyohlik vizasini olish uchun elektron шаклда yoki KSA xalqaro portlariga kiribmurojaat qilishlari mumkin.

Sayyohlik vizasi fuqarolarga qirollikning turli mintaqalariga tashrif buyurish va Umra ziyoratini amalga oshirish imkonini beradi. Ammo ushbu viza Haj ziyoratini bajarish hamda qirollikda ishlash, yashash huquqini bermaydi.

Viza qoidalariga ko‘ra, sayyohlar Saudiyada bo‘lganida barcha amaldagi qoidalar va ko‘rsatmalarga amal qilishi, shu jumladan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini o‘zi bilan olib yurishlari shart.

Onlayn tarzda viza olish narxi 146 dollarni tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni eVisa'si bir yillik va ko‘p martalik kirish vizasi hisoblanib, sayyohlarga bu yerda 90 kungacha qolish imkonini beradi. Elektron viza muddati tugagach, uni yangi muddatga rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, bunday tashabbus Ozarbayjon, Albaniya, Janubiy Afrika, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Maldiv orollari fuqarolari uchun ham amal qiladi.

Ma’lumot uchun, shu paytgacha bunday imkoniyat MDH davlatlaridan Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston fuqarolarida bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni o'zbekistonliklar elektron viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing