O‘zbekistonliklar nimaga eng ko‘p pul sarflashi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2023 yilning ikkinchi choragi davomida aholi tomonidan amalga oshirilgan eng yirik xarajatlarni tahlil qilib chiqdi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning xarajatlari orasida uy-joy ta’miri yetakchi bo‘lgan.

Ammo yilning birinchi choragida birinchi o‘rinda ta’lim xarajatlari bo‘lgandi. Bu chorakda esa ta’lim ikkinchi o‘rinni qayd etgan.

Qolaversa, birinchi chorakda ham ikkinchi chorakda ham davolanish uchun xarajatlar yuqoriligicha saqlanib qolgan. Shuningdek, ikkinchi chorakka kelib o‘zbekistonliklarning to‘y va sayohat qilish uchun pul sarflash ko‘paygan. 

Aprel, may, iyun oylarida avtomobil sotib oluvchilar soni ko‘paygan bo‘lsa, uy-joy sotib olish uchun xarajatlar birinchi chorakka nisbatan biroz tushgan. Oilaviy bayramlarga pul sarflash holati ham dastlabki chorakka qaraganda qamayganini ko‘rish mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

markaziy bank ta'mirlash xarajat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing