1 yevroga qasr, 20 mln yevroga ta’mir: Germaniyada ğayrioddiy savdo böladi
Olam
−
09:29 687 2 daqiqa
Germaniyaning Saksoniya yerida qariyb 800 yillik tarixga ega Şnadits qasri atigi 1 yevro ramziy narxda sotuvga qöyildi. Biroq uni töliq ta’mirlaş uçun taxminan 20 million yevro talab etiladi. Bu haqda “BILD” naşri xabar berdi.
Şnadits qasri qariyb 800 yillik tarixga ega bölib, umumiy maydoni 1 012 kvadrat metrni taşkil etadi. Qasr içida ritsarlar zali saqlanib qolgan, bino esa suv bilan töldirilgan handaq bilan öralgan. Şuningdek, uning ikkita minorasi bor. Qasr uzoq yillardan beri böş turgan.
“Men qasrning saqlab qolinişini istardim. Bu bino mintaqa va Saksoniya uçun muhim ahamiyatga ega. Taşqi körinişi yaxşi holatda emas, köp iş qiliş kerak. Ammo tomi butun”, deydi mahalliy hokim Mattias Mitt.

Qasr bir vaqtlar fon Zasnits oilasining qarorgohi bölgan. Uşbu oila nemis yozuvçisi Genrix fon Kleystning “Mixael Kolxaas” novellasi orqali adabiy maşhurlikka erişgan. 1945 yilda uruşdan keyin qasr joylaşgan mulk musodara qilingan. Germaniya Demokratik Respublikasi davrida binoda turar joylar, mahalliy ma’muriyat, sartaroşxona, poçta bölimi va bolalar boğçasi faoliyat yuritgan.

2014 yilda amerikalik ayol va uning öğli qasrni qayta tiklab, u yerda mehmonxona, barbekyu restorani va vino bari oçişni rejalaştirgan. Loyihaga millionlab yevro investitsiya kiritiş va’da qilingan bölsa-da, amalda taxminan 400 ming yevro sarflangan. 2018 yilda oldi-sotdi şartnomasi bekor qilingan va qasr yana şahar mulkiga qaytarilgan.

Endi mahalliy hokimiyat tarixiy binoga yangi ega topmoqçi. Uni mehmonxona, qariyalar parvarişlaş uyi, öquv markazi yoki internatga aylantiriş mumkinligi aytilmoqda.

Biroq qasrni ta’mirlaş uçun taxminan 20 million yevro talab etiladi. Bundan taşqari, bino davlat muhofazasidagi tarixiy yodgorlik hisoblangani sababli, undagi barça ta’mirlaş işlari yodgorliklarni muhofaza qiliş organlari bilan kelişilişi kerak. Bu esa tiklaş jarayonini yanada çözişi mumkin.
Live
Barchasi