Muddatli tölov bozorida yangi tartib joriy etilişi mumkin – Markaziy bank
O‘zbekiston
−
3542 2 daqiqa
Özbekistonda tovar va xizmatlarni bölib-bölib tölaş asosida sotuvçi taşkilotlar faoliyati ustidan yangi tartib joriy etilişi mumkin. Unga köra, belgilangan mezonlarga mos keluvçi taşkilotlar Markaziy bankda hisobga olinişi şart böladi. Bu haqda Markaziy bank tayyorlagan qaror loyihasida nazarda tutilgan.
Ma’lumotlarga köra, hisobot çoragi yakunida savdo aylanmasi 500 mln sömdan oşgan va uşbu aylanmaning kamida 50 foizi bölib-bölib tölaş xizmatlari hissasiga töğri kelgan taşkilotlar Markaziy bankda röyxatdan ötişi kerak. Biroq mazkur talab işlab çiqaruvçi korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Belgilangan mezonlarga mos keladigan taşkilotlar hisobot davri tugaganidan keyingi oyning 20-kuniga qadar Markaziy bankka ariza va zarur hujjatlarni taqdim etişi lozim.
Qaror loyihasida belgilanişiça, muddatli tölov xizmatlarini körsatiş huquqi taşkilot Markaziy bank yuritadigan maxsus reyestrga kiritilganidan keyin beriladi. Banklar va mikromoliya taşkilotlari uşbu reyestrga Markaziy bankni xabardor qiliş orqali, boşqa yuridik şaxslar esa hisob röyxatidan ötiş yöli bilan kiritiladi.
Taşkilotlarni aniqlaş jarayonida Soliq qömitasi elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn kassa çeklari asosida şakllangan ma’lumotlarni Markaziy bankka taqdim etadi. Markaziy bank esa kelib tuşgan ma’lumotlarni örganib, tahlil qiladi.
Şuningdek, belgilangan mezonlarga javob beradigan taşkilotlarning Markaziy bankda röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritişi nizom talablarini buziş deb baholanadi.
Hujjatning 2027 yil 1 yanvardan amalga kiritilişi közda tutilgan. Ayni paytda qaror loyihasi yuzasidan bildiriş va takliflar kiritiş jarayoni 1 dekabrgaça davom etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda fuqarolarga iş haqini özlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonga oliş imkoniyati yaratilgani haqida xabar berilgan edi. Bu jarayon Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali amalga oşiriladi.
Live
Barçasi