O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p o‘qish maqsadida Tojikistonga boryapti. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Tojikiston — 10 701 nafar;

Rossiya — 6 032 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 2 408 nafar;

Turkiya — 1 640 nafar;

Janubiy Koreya — 1 383 nafar;

Qozog‘iston — 1 102 nafar;

Xitoy — 507 nafar;

Buyuk Britaniya — 475 nafar;

AQSH — 355 nafar;

BAA — 238 nafar;

boshqa davlatlar — 974 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgani va O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p turistik maqsadlarda Qirg‘izistonga boryotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing