O‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz sayohat qilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitim imzolandi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“O‘zbekiston va Xitoy davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bugun hamkasbim bilan birgalikda fuqarolarimizga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladik. Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir”, deya yozgan vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti vakillari ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejim masalasida muzokara o‘tkazgandi. O‘zbekiston tomoni uchun kelgusida ham konsullik – huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri xorijiy davlatlar bilan viza tartibini yanada erkinlashtirish, xususan, viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishish hisoblanishi aytib o‘tilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing