O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinaga uchib ketdi (foto)

Jamiyat

image

O‘zbekistonlik birinchi ziyoratchilar 2023 yilgi Haj ziyoratini ado etish uchun Toshkentdan Madina shaxriga uchib ketdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 3 iyundan 4 iyunga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da 240 nafar ziyoratchi Toshkentdan Madinaga (Saudiya Arabistoni) uchib, 2023 yilgi Haj mavsumini ochadi.

4-19 iyun kunlari O‘zbekistonning 10 ta shahridan Madinaga parvozlar amalga oshiriladi. Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Toshkentdan Hajga boradi — 16 reysda 5575 nafar yo‘lovchi tashiladi. Namangandan 14 ta, Farg‘onadan 6 ta, Samarqanddan 4 ta, Buxoro, Urganch, Qarshi va Termizdan 3 tadan reys, shuningdek, ziyoratchilar bilan 2 ta reys Navoiydan, Nukusdan esa 1 ta reys amalga oshiriladi. O‘zbekistondan jami 15130 nafar ziyoratchi Haj ziyoratini ado etadi.

Keltirilishicha bu yil haj boshlanishi bilan poytaxt ayeroportida qo‘shimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Jumladan jo‘nab ketish zalining steril zonasida bir vaqtning o‘zida 80 va 60 kishini sig‘dira oladigan ikkita, erkaklar va ayollar uchun namozxona ochilgan. Bundan tashqari, ibodatxonalar oldida endi tahorat olish uchun – erkaklar va ayollar uchun ham maxsus xonalar mavjud. Shu bilan birga, hojatxonalarning katta bloki foydalanishga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj mavsumi joriy yilning 4 iyunidan boshlanishi ma’lum qilinib, 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 million 760 ming so‘m etib belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Haj Madina ziyoratchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing