Şirinlik fojiasi: Madinaning jasadi qabrdan qazib olindi (video)
3-sahifa
−
14:04 1520 2 daqiqa
Avvalroq, Qozoğistonning Jambil viloyatida 19 yoşli Özbekiston fuqarosi Madina şirinlik sababli eri bilan yuzaga kelgan janjaldan söng vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Sirli ölim ortidan uning jasadi qayta sud-tibbiy ekspertizasini ötkaziş uçun eksgumatsiya qilindi. Bu haqda mahalliy jurnalist Jan Ahmadiyev xabar berdi.
Qayd etilişiça, jarayon joriy yilning 4 noyabr kuni jabrlanuvçi tomonning rasmiy iltimosnomasiga köra ötkazilgan. Marhumaning yaqinlari dastlabki tekşiruv xulosalariga uzil-kesil rozi emasliklarini bildirgan.
Jurnalistning xabar qilişiça, marhumaning oilasi ekspertlarning xulosalariga işonçsizlik bildirgani sababli Olmaotada qayta komissiya ekspertizasi tayinlanişiga erişgan. Eksgumatsiya politsiya xodimlari va sohaviy mutaxassislar iştirokida bölib ötgan.
Jambil viloyati Politsiya departamenti Jinoyat kodeksining 105-moddasi (özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) böyiça sudgaça bölgan tergov hali ham davom etayotganini tasdiqlagan. Marhumaning eri ayni damda iş böyiça himoyalaniş huquqiga ega guvoh maqomida qolmoqda.
Şirinlik fojiasi
Eslatib ötamiz, hodisa joriy yilning avgust oyida sodir bölgan edi. Jambil viloyatida 19 yoşli Özbekiston fuqarosi Madina şirinlik sababli eri bilan yuzaga kelgan janjaldan söng vafot etgan. Marhumaning dugonasining aytişiça, Madina eri bilan tez-tez kelişmovçilikka borib turgan va erkak unga nisbatan jismoniy kuç işlatgani haqida bir neça bor şikoyat qilgan. Uning sönggi janjali sakkiz oylik farzandi uçun olib kelingan “Barni” biskviti tufayli yuzaga kelgan. Dugonasining sözlariga köra, eri bolasi uçun olib kelgan biskvitdan Madina 1 dona yegan. Şundan keyin erkak qizni urgan. Ertasi kuni Madina dugonasiga yiğib qöygan buyumlarining suratini yuborib, eri bilan yaşamasligini bildirgan va ketmoqçi ekanini aytgan. Şuningdek, undan 15 ming tenge söragan. Biroq kerakli mablağ öşa paytda topilmagan. Şundan söng, Madina bilan aloqa uzilgan. Keyinroq uning qaynonasi dugonasiga qizning vafot etganini aytgan.
Ma’lum bölişiça, Madina Özbekiston fuqarosi, uning eri esa Qozoğiston fuqarosi bölgan. Ular turmuş qurib, qariyb ikki yil davomida birga yaşagan va sakkiz oylik farzandni tarbiyalagan.
Live
Barchasi