Saudiyadagi muqaddas joylarda rasmga olish taqiqlanishi rad etildi

Olam

image

Avvalroq, bir qancha nashrlar Makka va Madinadagi ikki muqaddas masjidda foto va videotasvirga olish to‘liq taqiqlanishi haqida yozgan edi, biroq ushbu xabarlar tasdiqlanmadi. Bu haqda “The Islamic Information” xabar berdi.

Xabarlarda Makkadagi Masjid al-Haram va Madinadagi Masjid an-Nabaviyda mobil telefonlar, professional kameralar va boshqa yozuv qurilmalari yordamida suratga olish taqiqlanishi, ushbu tartib 2026 yilgi Haj mavsumidan kuchga kirishi aytilgan edi, lekin Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi yoki boshqa biror davlat organi tomonidan bunday taqiq haqida hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagani ma’lum bo‘ldi.

Rasmiy manbalar ikki muqaddas masjidda tasvirga olishga oid yangi cheklovlar joriy etilmaganini tasdiqlagan. Amaldagi qoidalar – ibodat qiluvchilarga halal bermaslik va hurmatni saqlashga chaqiruvchi talablar Haj va Ramazon hamda boshqa barcha mavsumlarda o‘z kuchida qolmoqda.

Hokimiyat vakillari bunday yolg‘on da’volar vaqti-vaqti bilan internetda paydo bo‘lishini, ayniqsa, ziyoratchilar ko‘payadigan davrlarda tez tarqalishini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgani va u orqali fuqarolar onlayn tarzda ziyoratga navbatga yozilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Makka Madina Saudiya rasmga olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing