O‘zbekistonlik yana ikki taekvondochi Paralimpiada finaliga chiqdi
Sport
−
31 avgust 2024 9105 2 daqiqa
Fransiyada o‘tkazilayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlari qizg‘in bahslar bilan davom etmoqda. O‘yinlarning taekvondo turi bo‘yicha yana ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida yarim final jangida Guljanoy Naimova braziliyalik Debora Menezesni 9:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va hal qiluvchi final bosqichiga yo‘llanma oldi. Tokio-2020 yozgi Paralimpiada o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimovaning oltin medal uchun kechadigan bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:48 da boshlanadi. U bilan finalda meksikalik Fernanda Vargas va britaniyalik Emi Trusdeyl juftligi g‘olibi dayanga chiqadi.
Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Asad Toshtemirov ham yarim final jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Toshtemirov ushbu bosqichda eronlik Aliriza Baxtni 18:12 hisobida mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Asad Toshtemirov ishtirokidagi final uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:34 da boshlanadi. Hal qiluvchi bahsda u meksikalik Luis Mario Najeraga qarshi dayanga chiqadi.
Bu bilan har ikkala taekvondochi delegatsiya hisobiga kamida kumush medalni naqd qilib qo‘ydi. Hozirda O‘zbekiston Paralimpiada delegatsiyasi hisobida 8 ta medal bor: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpida o‘yinlarining yengil atletika bahslarida Mohigul Hamdamova F57 klassida disk uloqtirish dasturida 32,75 metr bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgandi. Ushbu natija bilan Hamdamova o‘yinlarning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025