2026 yilgi Jahon chempionatining finali hakami faoliyatini yakunladi
Sport
−
27 iyul 1275 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati final uchrashuvining bosh hakami, sloveniyalik Slavko Vinchich professional hakamlik faoliyatini yakunladi. Bu haqda Sloveniya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu uchrashuvni boshqargan Vinchich ikkinchi bo‘lim oxirida argentinalik Enso Fernandesga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlatgan.
Shuningdek, qo‘shimcha vaqtda VAR tavsiyasidan so‘ng Mikel Merino kiritgan gol bekor qilingan. Bunga ispaniyalik futbolchining hujum davomida Argentina himoyachisi Nikolas Otamendiga nisbatan qoidabuzarlik qilgani sabab bo‘lgan. Vinchich 2026 yilgi Jahon chempionatida jami 4 ta uchrashuvni boshqargan.
46 yoshli hakam 2010 yildan buyon FIFA toifasidagi xalqaro hakam sifatida faoliyat yuritib kelgan.
U 2022 yil Yevropa ligasi finalida ham hakamlik qilgan. O‘sha bahsda Germaniyaning “Ayntraxt” klubi Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasini asosiy va qo‘shimcha vaqtdagi 1:1 hisobidan so‘ng, penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag‘lub etgan.
2024 yilda esa Vinchich Chempionlar ligasi finalini boshqargan. O‘sha uchrashuvda “Real Madrid” “Borussiya Dortmund”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi 15-chempionlik kubogini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi